Unicon
Yangiliklar

“UNICON.UZ” DUKning 30 yilligi nishonlandi

DATA MARKAZ > Yangiliklar > “UNICON.UZ” DUKning 30 yilligi nishonlandi
DATA MARKAZ > Yangiliklar > “UNICON.UZ” DUKning 30 yilligi nishonlandi
May 6, 2022 Posted by: tested

30 yil – bu shunchaki o‘tgan davr emas, balki “UNICON.UZ” DUK jamoasi bosib o‘tgan mashaqqatli mehnat, sabr-toqat va muvaffaqiyatlar yo‘lidir.

“UNICON.UZ” mavjud bo‘lgan davr mobaynida bir qator sohalar, shu jumladan, AKT, radioaloqa, radiouzatish va televideniye, telekommunikatsion infratuzilma, axborot xavfsizligi, sertifikatlash, standartlash, metrologiya, raqamlashtirish, aloqa ob’ektlari davlat kadastri, loyihalar ekspertizasi, elektromagnit muvofiqligi tahlili, pochta aloqasi, dasturiy va texnik ta’minot va til taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash sohalarda ko‘plab loyihalar amalga oshirildi.
30 yil davomida “UNICON.UZ” tomonidan erishilgan ijobiy natijalar O‘zbekiston aloqa sohasining axborot xavfsizligini ta’minlash va axborot texnologiyalaridan foydalanish kabi ko‘plab masalalarda AKT-infratuzilmasining mukammal va ilg‘or komponentiga aylanishida muhim rol o‘ynadi