Memorandum
Unicon
Yangiliklar

"Kiberxavfsizlik markazi" DUK va "UNICON.UZ" DUK o‘rtasida memorandum imzolandi

DATA MARKAZ > Yangiliklar > Memorandum > «Kiberxavfsizlik markazi» DUK va «UNICON.UZ» DUK o‘rtasida memorandum imzolandi
DATA MARKAZ > Yangiliklar > Memorandum > «Kiberxavfsizlik markazi» DUK va «UNICON.UZ» DUK o‘rtasida memorandum imzolandi
May 27, 2022 Posted by: tested Memorandum Yangiliklar

2022-yil 26-may kuni «UNICON.UZ» DUK binosida «Kiberxavfsizlik markazi» DUK va «UNICON.UZ» DUK o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Memorandumning asosiy maqsadi ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha yangi loyihalar va tadbirlar ustida ishlash hamda O‘zbekiston Respublikasining axborot va kiberxavfsizligini ta’minlashdan iboratdir.

Shuningdek, memorandumda istiqbolli ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini birgalikda amalga oshirish, ustuvor huquqiy hujjatlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasida kiberxavfsizlikni ta’minlash, jumladan, axborot xavfsizligiga tahdidlarning oldini olish bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, Memorandumda O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va tashkilotlarida axborot va kiberxavfsizlik darajasini oshirish maqsadida tajriba almashish, mutaxassislar malakasini oshirish, yekspertiza va sertifikatlashtirish ishlari doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.