Biz haqimizda

DATA MARKAZ > Biz haqimizda
DATA MARKAZ > Biz haqimizda

UNICON.UZ” DUK Data-markazi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator qonun va farmonlari asosida Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda Respublikada barcha sohalarda raqamlashtirish ishlarining jadal amalga oshirilishi va axborot tizimlarining rivojlanishi bilan ma’lumotlarni saqlash va ularni qayta ishlashga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda.  

UNICON.UZ” DUK o‘z mablag‘lari hisobidan ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi (keyingi o‘rinlarda – Data-markaz) tashkil etilib, yil oxiriga qadar bir necha bosqichda Co-location, Internet xizmatlari va Hosting xizmatlarini ishga tushirish rejalashtirilgan. 

Data-markaz uzluksiz kafolatlangan elektr ta’minoti tizimi klassik sxema bo‘yicha qurilgan. Data-markaz elektr ta’minoti ikkita mustaqil podstansiya tomonidan ta’minlanadi hamda uzluksiz quvvatlash manbai (UPS) va Dizel generator kompleksi o‘rnatilgan. Har bir server qurilmalari uzluksiz quvvat manbaiga ulanishi kafolatlanadi.

Data-markazning barcha perimetrlari bo‘ylab videokuzatuv tizimi o‘rnatilgan. Shuningdek, Data-markazda telekommunikatsiya shkaflarida joylashtirilgan qurilmalarni sovutish tizimi N+1 rezervlash sxemasiga muvofiq tashkil etilgan.

Data-markazda texnik qo‘llab quvvatlash bo‘yicha kunu-tun navbatchilik qiluvchi Dispetcherlik xizmati tashkil etilgan. Texnik qo‘llab quvvatlash kuniga 24 soat, haftada yetti kun ishlaydi. Server qurilmalarini va infratuzilmani monitoring qilish Dispetcherlar nazorati ostida amalga oshiriladi. 

Data-markaz yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda ham serverlarning uzluksiz ishlashini ta’minlaydigan gazli yong‘inni o‘chirish tizimi bilan jihozlangan. Yong‘in o‘chirish tizimi gaz o‘chirish vositasi asosida ishlaydi va yong‘in signalizatsiya tizimi (erta javob sensorlari va harorat sensorlari) bilan birlashtirilgan.

UNICON.UZ” DUKning ishonchli yuqori texnologik infratuzilmaga ega Data-markazi 2022 yil 20 maydan boshlab Co-location xizmatini ko‘rsatishni boshlagan va hamkorlikga tayyor.